Great Wall Motor retro uslubidagi yangi modelni ko‘rsatdi

22-dekabr 2025 12:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: GWM

Xitoyning Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi yangi retro dizayndagi avtomobilga oid ilk tezerni taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Tezer suratlar avtomobilning nostaljik shaklini, yirik xrom bamperini, yumaloq elongated kuzov chiziqlarini va orqa qismida uzun nom belgisini ko‘rsatadi.

Model GWMning mavjud besh brendi uslubiga to‘g‘ri kelmaydi. U mavjud liniyaga oddiy qo‘shimcha emas, balki butunlay yangi mahsulot seriyasi sifatida ko‘rilmoqda.

Foto: GMW

Noyabr oyida 133 mingta avtomobil sotildi, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 4,57 foiz o‘sishni anglatadi. Yanvar – noyabr oylarida jami savdo 1,199 mln donaga yetib, o‘sish 9,26 foizni tashkil etdi. Shu jumladan, yangi energiya segmentida 40 113 dona avtomobil sotilgan. Tashqi bozorlar bo‘yicha noyabrda eksport 57 309 donani tashkil qilib, yillik o‘sish 32,7 foizga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan GWM Ora 5 elektromobili Xitoyda sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek