Gadjetlar

Honor Magic 8 seriyasini 8S, 8 Air va 8 RSR modellari bilan kengaytirmoqda

Magic 8 RSR modeli Pro versiyaning lux varianti sifatida taqdim etiladi
Honor Magic 8 seriyasini 8S, 8 Air va 8 RSR modellari bilan kengaytirmoqda / Foto: Honor

Honor kompaniyasi o‘zining flagman smartfonlarining uchta yangi modelini taqdim etadi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Mavjud Magic 8 Lite, Magic 8 va Magic 8 Pro modellari qatoriga ixcham Magic 8S, ultra ingichka Magic 8 Air hamda yuqori darajadagi Magic 8 RSR Porsche Design modellari qo‘shiladi.

Foto: Honor

Magic 8S MediaTek Dimensity 9500 protsessori bilan jihozlanadi, 6,3 dyuymli tekis OLED ekran va ultratovushli barmoq izi skaneri mavjud bo‘ladi. Qurilma metall ramkaga ega bo‘lib, oq, qora, to‘q sariq va binafsha ranglarda chiqariladi.

Magic 8 Air modeli esa qalinligi 5-6 mm bo‘lib, 5500 mA/soat sig‘imli batareya, 200 megapiksel kamera va teleobyektiv, shuningdek, 6,31 dyuymli ekran bilan ta’minlanadi. Dizayni avvalgi Honor 500 seriyasidan ko‘ra Apple uslubiga yaqin bo‘ladi.

Magic 8 RSR modeli Pro versiyaning lux varianti sifatida taqdim etiladi. Magic 8 Air va Magic 8 RSR rasmiy e’lonlari yanvar oyining ikkinchi yarmida kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Honor Win smartfonlari IP69K himoya darajasi bilan taqdim etilgan edi.