
iQOO Z11 Turbo smartfoniga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, model flagman segmentiga xos ko‘plab texnik imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Gadjet 6,59 dyuymli displey, metall ramka va shisha orqa panel bilan ta’minlanadi. Korpus burchaklari iPhone uslubiga o‘xshash yumaloqlashtiriladi. Ishlab chiqaruvchi tashqi ko‘rinish va material sifatida taktil hislarni ham ustuvor qo‘yishi aytilmoqda.
Asosiy yangiliklardan biri – Snapdragon 8 Gen 5 protsessorining qo‘llanishi. Shuningdek, ixcham tana ichiga taxminan 7600 mA/soat sig‘imli akkumulyator joylashtirilgani ta’kidlanmoqda.
Smartfonda 3D-ultratovushli barmoq izi skaneri bo‘lishi, suv va changdan himoya esa IP68/IP69 standartlariga mos kelishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar uni bozordagi eng himoyalangan qurilmalardan biriga aylantirishi mumkin.
Mazkur ma’lumotlarni tarqatgan manba avval Xiaomi 15 va 15 Pro, Realme GT 7 Pro hamda Dimensity 9400 chipseti haqidagi to‘g‘ri prognozlari bilan tanilgan. Shu sababli iQOO Z11 Turbo haqidagi ushbu tafsilotlarning ham haqiqatga yaqin bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iQOO 15 Ultra taqdimoti kechiktirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.