Lifestyle

Kechga nima ovqat: meksikancha burrito uy sharoitida qanday tayyorlanadi

Kursiv Uzbekistan’ning ushbu retsepti bo‘yicha tayyorlangan lavashli burrito mazali, shirali va ko‘p nachinkali bo‘lib chiqadi
burrito
Foto: depositphotos.com

Meksika oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri bo‘lgan burrito bug‘doy unidan tayyorlangan yumshoq lavashga turli xil nachinkalar (arashma) solib o‘ralishi bilan ajralib turadi. Qiyma, sabzavotlar va pishloq uyg‘unligi tufayli burrito nafaqat to‘yimli, balki tez tayyorlanadigan quyuq taom hisoblanadi.

Kursiv Uzbekistan’ning ushbu retsepti bo‘yicha tayyorlangan lavashli burrito mazali, shirali va ko‘p aralashmali bo‘lib chiqadi.

MasalliqlarMiqdorEslatma
Lavash xamiri5 donaYumshoq, o‘rtacha kattalik
Piyoz1 donaO‘rtacha, mayda to‘g‘raladi
Qizil bulg‘or qalampiri1 donaMayda to‘g‘raladi
Sarimsoqpiyoz2 tishEzilgan
Tomat pastasi50 g
Konservalangan makkajo‘xori120 g
Qattiq pishloq100 gYupqa kesiladi
Salat bargi1 bog‘Katta qilib to‘g‘raladi
Tuz1 choy qoshiqTa’bga ko‘ra
Qora murch0,5 choy qoshiqTa’bga ko‘ra
Achchiq qalampirTa’bga ko‘raIxtiyoriy

Tayyorlash bosqichlari

1-bosqich:
Piyoz va qizil bulg‘or qalampiri mayda to‘g‘raladi.

2-bosqich:
Piyozni o‘rtacha olovda qovurib, ustiga qiyma yoki boshqa aralashma qo‘shiladi.

3-bosqich:
10 daqiqa davomida aralashtirib qovuring. Keyin tomat pastasi, qalampir va ziravorlarni qo‘shing.

4-bosqich:
Oxirida makkajo‘xori qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tayyor bo‘ladi.

5-bosqich:
Salat barglarini yirik qilib, pishloqni yupqa qilib kesing.

6-bosqich:
Lavash xamiri ustiga tayyor aralashmani soling, ustiga pishloq va salat barglarini joylashtiring.

7-bosqich:
Lavashni rulet shaklida o‘rab, quruq tovada ikki tomonini oltin rang bo‘lguncha qizartiring.

8-bosqich:
Issiq holda dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!