Avto

Kia K4 avtomobili haqida nimalar ma’lum

Model 2026-yil boshida AQSh bozorida sotuvga chiqariladi
Foto: hips.hearstapps.com

Kia K4 avtomobilining narxlari va texnik tafsilotlari e’lon qilindi. Model 2026-yil boshida AQSh bozorida sotuvga chiqariladi.

K4 dinamik siluet, zamonaviy kuzov formati va o‘rta segmentga mos narx siyosati bilan xaridorlar e’tiboriga havola etiladi. Kompaniya sifatdan tejalmagan holda arzonroq taklif berishni maqsad qilgan.

Foto: hips.hearstapps.com

Model ikki xil dvigatel bilan taqdim etiladi. EX va GT-Line versiyalarida 2,0 litrli 147 ot kuchiga ega dvigatel va IVT variator qo‘llanadi. GT-Line Turbo esa 1,6 litrli 190 ot kuchiga ega turbomotor va 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. GT-Line versiyasi yanada sport osma sozlamalariga ega bo‘ladi. O‘rtacha yonilg‘i sarfi 7,8 – 8,4 litr atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Salonda raqamli panel, simsiz Apple CarPlay va Android Auto mavjud. Harman Kardon audio tizimi va Digital Key 2.0 raqamli kalit qo‘shimcha opsiya sifatida taklif etiladi. Xavfsizlik tizimlari ro‘yxatida 30 ga yaqin haydovchi yordamchisi bor. Shular ichida Stop & Go funksiyasiga ega adaptiv kruiz nazorati ham mavjud.

Kia K4 saloni / static0.hotcarsimages.com

K4 uchta komplektatsiyada sotiladi. Narxlarga majburiy yetkazib berish to‘lovi ham qo‘shilgan:

  • EX – $26,1 ming;
  • GT-Line – $27,1 ming;
  • GT-Line Turbo – $30 ming.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia Sorento xavfsizlik bo‘yicha yilning eng yaxshi mukofotini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.