O‘zbekistonlik shaxmatchilar Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

22-dekabr 2025 09:39 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Sport vazirligi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada yakunlangan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

16–21-dekabr kunlari Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jami 12 ta medalni qo‘lga kiritib, eng yaxshi natijani qayd etdi. Chempionatda dunyoning turli burchaklaridan kelgan 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar rapid va blits yo‘nalishlarida bahs olib bordi.

Foto: Sport vazirligi

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali mavjud. Ushbu ko‘rsatkich terma jamoamizni medal jamg‘arish bo‘yicha turnirning yaqqol yetakchisiga aylantirdi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin musobaqa mezboni — Turkiya terma jamoasiga nasib etdi. Mezbonlar o‘z uylarida kechgan bahslarda 8 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Kuchli uchlikni esa Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) bayrog‘i ostida qatnashgan jamoa 6 ta medal bilan yakunladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turnirida chempion bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek