Yangiliklar

Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakati qayta tiklandi

22-dekabrdan boshlab
Qamchiq dovonida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakati qayta tiklandi / Foto: Ochiq manbadan

A-373 «Toshkent – Ohangaron – Angren – Qo‘qon – Shahrixon – Andijon» avtomobil yo‘lida yuk avtotransport vositalari harakati qayta tiklandi. Bu haqda «Qamchiqavtoyo‘l» IYFK ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur avtomobil yo‘lining 180-kilometrida joylashgan transport vositalarining vazn parametrlarini nazorat qilish punkti 2025-yil 19-dekabrdan boshlab ta’mirlash ishlari sababli vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan edi. Shu munosabat bilan 174-kilometrda joylashgan «Sherobod» YPX maskanidagi ko‘chma tarozidan vaqtincha foydalanib kelinayotgani haqida axborot berilgan.

Ayni paytda A-373 avtomobil yo‘lining «Vodiy – Toshkent» yo‘nalishida yuk avtotransport vositalari harakati to‘liq qayta tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida kanatdan yiqilgan qiz haqida xabar bergan edik.