Gadjetlar

Samsung Galaxy S25 seriyasi One UI 8.5’ning ikkinchi beta versiyasini oldi

Yangilanish hajmi taxminan 1,1 GB
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy S25, Galaxy S25 Plus va Galaxy S25 Ultra smartfonlari uchun One UI 8.5 yangilanishining navbatdagi beta-versiyasi taqdim etildi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Yangilanish hajmi taxminan 1,1 GB bo‘lib, dasturchilar tizimdagi aniqlangan xatolarni tuzatish va ishlash barqarorligini oshirishga e’tibor qaratadi.

Beta dasturi 8-dekabrda boshlangan. One UI 8.5 hozircha Hindiston va Janubiy Koreyada sinovdan o‘tmoqda. Tez orada Germaniya, Buyuk Britaniya va AQShdagi beta dastur ishtirokchilari ham yangilanishni olishadi.

Samsung kamida to‘rt beta versiya chiqarishi kutilmoqda. Final, keng tarqatiladigan versiya 2026-yil boshida taqdim etilishi mumkin. Barqaror One UI 8.5 versiyasi dastlab 2026-yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan Galaxy S26 flagmanlari bilan o‘rnatilgan holda chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 seriyasining taqdimoti kechikishi mumkinligi haqida yozgan edi.