Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 seriyasining taqdimoti kechikishi mumkin

Savdolar mart oyiga qolishi aytilmoqda
Foto: Samsung

Taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S26 seriyasining taqdimoti kechikishi mumkin. Bu haqda WCCF xabar bermoqda.

Savdolar mart oyiga qolishi aytilmoqda. Galaxy Unpacked taqdimoti fevral oyida AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq Samsung flagmanlari do‘konlarga faqat bir oy o‘tib yetib boradi. Bu kompaniyaning odatiy reliz jadvalidan jiddiy chekinish hisoblanadi.

Agar jadval tasdiqlansa, Samsung muhim savdo davrini boy berishi mumkin, chunki 2026-yilda Xitoy yangi yili fevral oyiga to‘g‘ri keladi. Ushbu davr mobil ishlab chiqaruvchilar uchun daromadning eng katta hajmini ta’minlaydi. Shu bois Xiaomi 17 Ultra taqdimotini muddatidan oldin o‘tkazmoqda.

Galaxy S26 dizaynida keskin o‘zgarishlar kutilmayapti. Bazaviy model biroz kattaroq ekran oladi, Galaxy S26 Ultra esa ingichkaroq bo‘lib, qirrasi yumaloqlashtiriladi.

S26 Ultra uchun Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 25 Vt simsiz va 60 Vt simli tezkor zaryadlash qo‘llab-quvvatlashi tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy A07 5G smartfoni haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.