Toshkent — Qozon temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Mazkur reyslar 315 va 316 raqamli yo‘lovchi poyezdlar orqali amalga oshiriladi
Foto: Transport vazirligi

21-dekabr kuni Toshkent – Qozon – Toshkent yo‘nalishida muntazam temir yo‘l qatnovi boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, poyezd Toshkent Markaziy vokzalidan ilk marotaba safarga jo‘nadi. Mazkur reyslar 315 va 316 raqamli yo‘lovchi poyezdlar orqali amalga oshiriladi. Ular haftasiga bir martadan qatnaydi.

Foto: Transport vazirligi

315-sonli Toshkent – Qozon yo‘nalishi:

Toshkent Markaziy vokzalidan yakshanba kuni soat 23:55 da jo‘naydi. Qozonga chorshanba kuni 13:47 da yetib keladi.

316-sonli Qozon – Toshkent yo‘nalishi:

Poyezd payshanba kuni soat 10:33 da Qozondan jo‘naydi. Toshkent Markazi vokzaliga yakshanba kuni 04:32 da yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan «Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi chiptalarga chegirma e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek