Toshkentda firibgar advokatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi
JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28 va 211-moddalarining 1-qismi bilan
G‘ijduvonda sud xodimi pora olayotganda ushlandi
Toshkentda firibgar advokatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi / Foto: Sun’iy intellekt

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlar hay’atining ilgari sudlangan advokati firibgarlik yo‘li bilan $2 mingni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tumani IIO FMB TB ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov jarayonida gumonlanuvchiga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanmaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi hamda 28 va 211-moddalarining 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, unga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent, Samarqand va Guliston shaharlarida uch nafar advokatning noqonuniy harakatlari aniqlanib, ularga nisbatan chora ko‘rilgan edi.

Shuningdek