
Nissan Teana savdosi boshlangandan bir oy o‘tib, HarmonyOS tizimi bilan jihozlangan birinchi benzinli avtomobilga jami 10432 ta buyurtma berildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Yangi modelning rasmiy taqdimoti 21-noyabr kuni Guanchjou avtomobil ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi. Narxi 129 900 yuandan (taxminan $18,5 ming) boshlanadi. Avtomobilning asosiy xususiyati Huawei ekotizimi bilan to‘liq integratsiyalashgan bo‘lib, barcha to‘plamlarda HarmonyOS Cockpit 5 tizimi standart sifatida mavjud.

Salon ichida 15,6 dyuymli katta ekranli media tizim o‘rnatilgan. Shuningdek, 17 ta karnayli Huawei Sound audio tizimi, 256 rangli atmosfera yoritqichi va smartfon uchun 50 Vt quvvatga ega simsiz zaryadlash imkoniyati mavjud.
Texnik jihatdan avtomobil an’analarni saqlab qolgan: kapot ostida 243 ot kuchiga ega 2,0 litrli VC-Turbo dvigateli o‘rnatilgan. Dvigatel bilan variator birga ishlaydi. Sedan o‘lchamlari 4920×1850×1447 mm, g‘ildiraklar orasidagi baza esa 2825 mm ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dongfeng Nissan yangi gidrid sedan Nissan N6’ni namoyish etgan edi.