Yangilangan Audi Q5L oldindan buyurtmaga ochildi

22-dekabr 2025 11:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangilangan Audi Q5L oldindan buyurtmaga ochildi
Foto: Audi

Xitoyda FAW – Audi qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan uchinchi avlod Audi Q5L avtomobili oldindan buyurtmaga chiqdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model to‘rt xil komplektatsiya taklif etilmoqda. Yangi Q5L Audi’ning Premium Platform Combustion (PPC) arxitekturasida ishlab chiqilgan. Yuqori versiyalarda Huawei’ning Qiankun ADS haydovchini yordamchi tizimi qo‘llanilgan. Bu tizim ikki lidar yordamida xarita talab qilmaydigan Level 2 avtopilot funksiyasini ta’minlaydi.

Foto: Audi

Model o‘lchamlari – 4842×1900×1660 mm, g‘ildirak bazasi 2945 mm. Oldingi avlodga nisbatan uzunlik 72 mmga oshgan, g‘ildirak bazasi esa 38 mmga kengaygan. Q5L birinchi bor yarim yashirilgan eshik tutqichlariga ega bo‘lib, Xitoy bozori uchun maxsus yuqori o‘rnatilgan proyeksiya tormoz chirog‘i qo‘llangan. Kuzov ranglari qora, yashil, oq, kumush va jigarrangda taklif qilinadi.

Dvigatel sifatida EA888 Evo5 2.0 TFSI qo‘llanilgan. Uning maksimal quvvati quvvat versiyasiga qarab 150 kVt yoki 200 kVt ni tashkil etadi. 7 pog‘onali DCT transmissiya va quattro to‘liq uzatma tizimi bilan juftlikda ishlaydi. Old va orqa o‘qlarda mustaqil besh bo‘g‘inli osma o‘rnatilgan.

Foto: Audi

Salon xorijiy versiyalar dizaynini takrorlaydi. Panelda 11,9 dyuymli raqamli asboblar paneli, 14,5 dyuymli markaziy sensorli displey va yo‘lovchi oldidagi 10,9 dyuymli ekran mavjud. Shuningdek, 13,1 dyuymli HUD opsiya sifatida taklif etiladi. Apple CarPlay va simsiz quvvatlash funksiyalari ham mavjud.

Narxlar 313 ming yuandan boshlanib 385 ming yuangacha yetadi, bu taxminan $44,5 – 54,7 mingga teng. Rasmiy taqdimot 2026-yil boshida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Audi A6L e-tron avtomobili dilerlarga yetib kela boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek