AQShda Trump Class nomli yangi jangovar kemalar quriladi

eʼlon qilindi
Jami 20-25 yangi kema quriladi
AQShda «Trump Class» nomli yangi jangovar kemalar quriladi / Foto: Reuters

Donald Tramp AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ustunligini mustahkamlash maqsadida yangi Trump Class jangovar kemalarni qurish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Dastlab loyihada kengaytirilgan Oltin Flot doirasida ikki kema quriladi. Ularning kattaligi va tezligi oldingilariga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, 100 barobar kuchli quvvatga ega bo‘lishi kutilmoqda. Keyinchalik loyiha doirasida jami 20-25 yangi kema qurilishi rejalashtirilgan.

AQSh dengiz flotining kotibi Jon Felan ma’lum qilishicha, yangi jangovar kemalar tarixda hech qachon bo‘lmagan darajada tonnaj va otish quvvatiga ega bo‘ladi. Ularning komponentlari har bir AQSh shtatida ishlab chiqariladi.

Yangi jangovar kemalar AQSh tarixidagi eng katta qurollarga ega bo‘lishi va yadroviy qurollangan, dengizdan uchiriladigan kema raketalarini tashishi rejalashtirilgan. Dastlabki kema USS Defiant deb nomlanadi.

Shuningdek, Trampning so‘zlariga ko‘ra, Oltin Flot doirasida boshqa turdagi harbiy kemalar soni ham oshiriladi, jumladan, kichikroq va harakatchan fregat sinfi ham yangi rejalarga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar sabab beshta yirik dengiz bo‘yidagi shamol energetikasi loyihasi to‘xtatilgan edi.

Shuningdek