BYD 2025-yilni 1 mln avtomobil eksporti bilan yakunlashni rejalashtirmoqda

23-dekabr 2025 15:16 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Noyabrda BYD savdosi pasaydi, kompaniya yangi texnologiyalar joriy etilishini aytdi
BYD 2025-yilni 1 mln avtomobil eksporti bilan yakunlashni rejalashtirmoqda / Foto: Bloomberg

Xitoyning BYD kompaniyasi 2025-yilda eksport qilingan avtomobillar sonini 1 mln donaga yetkazishga yaqinlashmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil noyabr oyida BYD 128 mingdan ortiq yengil avtomobilni xorijga eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 3 baravardan ko‘proq oshgan.

2025-yil yanvar–noyabr oylarida esa kompaniya jami 878 mingdan ortiq avtomobilni eksport qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 144 foizga ko‘p bo‘lib, kompaniyaning 2024-yilgi umumiy eksport hajmidan ham ancha yuqori.

Noyabr oyida Chery kompaniyasi 135 mingta avtomobil bilan Xitoyda eng yirik eksportchi bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, BYD ikkinchi o‘ringa chiqib, yetakchiga tez yaqinlashmoqda.

Xitoydan xorijga yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilar (2025-yil noyabr)

BYD bir qator davlatlarda elektr va gibrid avtomobillar savdosi bo‘yicha yetakchiga aylangan. Noyabr oyida kompaniya Braziliya, Turkiya, Italiya, Ispaniya va boshqa bir qancha davlatlarda yangi energiya avtomobillari savdosida birinchi o‘rinni egalladi. Singapurda esa barcha avtomobil brendlari orasida yetakchi bo‘ldi.

2025-yil davomida BYD Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa ko‘plab Yevropa hamda Osiyo davlatlarida Tesla savdosidan ham o‘zib ketdi. Hozirga kelib, kompaniya avtomobillari dunyoning 119 ta davlati va hududida sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda BYD ishlab chiqarish bir yilda 2,2 mingtadan 17,5 mingta donagacha o‘sgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, mamlakatda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2025-yilning yanvar – noyabr oylarida 419,3 ming donani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilning shu davrida 385,1 ming dona bo‘lgan. 

Shuningdek