Ekostiker bo‘yicha jarimalar, fond bozoriga 400 mln dollarlik obligatsiyalar — 23-dekabrning muhim hodisalari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan tomonidan 23-dekabrning muhim hodisalari jamlandi
Загрязнение воздуха в Ташкенте
Foto: Kursiv Uzbekistan

Ekostiker bo‘yicha jarimalar 2026-yildan qo‘llanilmaydi, 2030-yilgacha fond bozoriga 400 mln dollarlik korporativ obligatsiyalar chiqariladi — Kursiv Uzbekistan tomonidan 23-dekabrning muhim hodisalari jamlandi.

O‘zbekiston SIga tayyorgarlik indeksida 25 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston SIga tayyorgarlik indeksida ikki yil ichida 25 pog‘onaga yuqoriladi
Foto: Public sector executive

Oxford Insights xalqaro tahlil markazi tomonidan e’lon qilingan sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksi (AI Readiness Index) natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston so‘nggi ikki yil ichida o‘z o‘rnini 25 pog‘onaga yaxshiladi. Xususan, mamlakat 2024-yilda 70-o‘ringa ko‘tarilgan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra esa O‘zbekiston yana 8 pog‘ona yuqorilab, 62-o‘rinni qayd etdi.

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 8,9 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 8,1 mlndan 7,9 mln so‘mga tushdi
Foto: ijtimoiy tarmoq

23-dekabr kuni oltin quymalar narxi avvalgi rekordni yana bir bor yangiladi. Regulyator xabariga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 5 grammli quyma 8,868 mln so‘mga, 10 grammli quyma 17,736 mln so‘mga, 20 grammli quyma 35,472 mln so‘mga ko‘tarildi.

Rossiyada o‘ldirilgan Qobiljonning onasiga uy berildi

Foto: RIA Novosti

Moskva viloyatidagi maktabda o‘ldirilgan o‘n yoshli Qobiljon Aliyevning onasi Nilufar Safoyevaga (ilgari uning familiyasi Aliyeva deb ko‘rsatilgan edi) Tojikistonda uy berildi. Bu haqda marhumning qarindoshlari ma’lum qildi. Biroq u mulkning o‘tkazilishi haqida tafsilotlarni berishdan bosh tortdi. Asia-Plus’ning boshqa manbalari bu ma’lumotni na tasdiqlagan, na rad etgan.

Ta’lim muassasalarida bolalarga zo‘ravonlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
Foto: Pexels

Ta’lim muassasalarida bolalarga zo‘ravonlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Hujjat Senatga yuborilgan. Uga ko‘ra, notariuslar bolani farzandlikka olish, vasiylik yoki homiylikka berish bo‘yicha arizalarda imzoning haqiqiyligi tasdiqlangani haqidagi ma’lumotlarni «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etib borishi shart bo‘ladi. Bu tartib farzandlikka olish va vasiylik jarayonlarida shaffoflikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ekostiker bo‘yicha jarimalar 2026-yildan qo‘llanilmaydi — rasmiy izoh

Ekostiker o‘rnatmagan avtomobillarga 2026-yildan jarimalar qo‘llanilmaydi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga ko‘ra, qo‘mita ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda 2026-yildan «ekologik hudud»ga kiruvchi qizil va sariq toifadagi avtomobillar jarimaga tortilishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirdi. Rasmiy ma’lumotlarga asosan, «Ekologik transport» tizimi doirasidagi jarimalar faqat 2028-yildan kuchga kiradi.

2030-yilgacha fond bozoriga 400 mln dollarlik korporativ obligatsiyalar chiqariladi

2030-yilgacha fond bozoriga 400 mln dollarlik korporativ obligatsiyalar chiqariladi
Foto: depositphotos

Joriy yilning 18-dekabrida «Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2030-yilgacha kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, fond bozoriga $1 mlrd miqdorida qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish, shu hisobdan qariyb $400 mln (5 trillion so‘m) miqdorida korporativ obligatsiyalar chiqarish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi doirasida Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Bahs 1-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa uchun Shimoliy Amerika iqlimi va vaqt mintaqasiga moslashish, shuningdek, yirik turnir oldidan taktik sxemalarni sinovdan o‘tkazish uchun muhim ahamiyatga ega.

24-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Foto: Depositphotos

24-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 052,33 so‘m (+41,9 so‘m) etib belgilandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 125,08 so‘mga oshib, 14 213.31 so‘mni, rubl esa 2,46 so‘mga oshib, 153,71 so‘mni tashkil qildi.

Qamoqdan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofilning sudi boshlandi

Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyadan qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagan pedofilga nisbatan yopiq sud ishi boshlandi. Oliy sud matbuot kotibiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida voyaga yetmagan 9 yoshli qiz bolaga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan 31 yoshli jayblanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi.

Italiya bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning sovg‘alarini sotuvga qo‘ydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Italiya bosh vaziri Jorja Meloniga berilgan qimmatbaho sovg‘alar kimoshdi savdosiga qo‘yiladi va tushgan mablag‘ xayriya tashkilotlariga yuboriladi. Meloni chet elga sayohatlari davomida dunyo yetakchilari tomonidan unga berilgan 270 ta sovg‘ani, jumladan, Argentina prezidenti Xaver Mileyning arra ushlagan haykalchasini yoki oltin poshnali ko‘k piton terisidan tikilgan tuflilarni xayriya auksionida sotadigan bo‘ldi.

Shuningdek, sotuvga qo‘yilgan narsalar qatorida 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a qilingan olmos, oltin va sitrin zanjir (pushti va binafsha gullardan iborat guldasta bilan birga) ham bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 22-dekabrning muhim hodisalarini e’lon qilgandi.

Shuningdek