Ertalabki nonushta: parhezbop xachapurilar

23-dekabr 2025 00:09 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Pinterest

Agar siz shirin va mazali pishiriqlarni yoqtirsangiz, lekin sog‘lom ovqatlanishga ham e’tibor berayotgan bo‘lsangiz, unda siz uchun ideal yechim – parhezbop xachapurilar!

Bu xachapurilar tez tayyorlanadi va tanangizga zarar keltirmaydi. Faqat sifatli va foydali mahsulotlardan tayyorlanganligi sababli, ularni istalgan vaqtda bemalol iste’mol qilishingiz mumkin.

Kursiv Uzbekistan retsepti orqali tongni xachapurilar bilan qarshi oling.

Masalliqlar

MahsulotMiqdor
5% li tvorog200 g
Tuxum4 dona (2 ta oqi, 2 ta sarig‘i)
Kefir yoki shakarsiz yogurt2 osh qoshiq
To‘la don uni100 g
Qattiq pishloq (qirg‘ichdan chiqarilgan)30 g
Tuz va qora murchTa’bga qarab

Tayyorlash bosqichlari

  1. Xamir tayyorlash: tog‘orachaga tvorog, 2 ta tuxum oqi, kefir yoki yogurt, un va tuzni solib, xamir qorib olamiz. Tuxum sariqlarini chetga olib qo‘yamiz.
  2. Xamirni bo‘lish: tayyor xamirni teng ikkiga bo‘lamiz.
  3. Shakllar yasash: pech patnisiga pergament qog‘oz to‘shaymiz. Xamirdan ikkita qayiqchasimon shakl yasab, ustiga qo‘yib chiqamiz.
  4. Pechga qo‘yish: qayiqchalar chetlariga tuxum sarig‘ini surtamiz. O‘rtasini sanchiq bilan teshib chiqamiz.
  5. Ichini to‘ldirish: pishiriqlarni pechdan olib, ichiga pishloqdan sepamiz. Tuxumlarni bittadan chaqib solamiz.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek