Yangiliklar

Ikki yil ichida 20 ta Hududiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Mazkur markazlar ehtiyojmand qatlamlarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi
Ikki yil ichida 20 ta Hududiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Sun‘iy intellekt

Prezident «Aholining ehtiyojmand qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Andijon shahri va Toshkent shahridagi Shayxontohur tumanida tashkil etilgan markazlar tajribasi asosida 2026 – 2027-yillarda bosqichma-bosqich 20 ta hududiy markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Markazlar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga reabilitatsiya, abilitatsiya, fizioterapiya va davolash-jismoniy tarbiya, qarab turish va parvarishlash xizmatlarini ko‘rsatadi. Ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli sharoitlarda foydalanish huquqiga ega shaxslar hududiy markazlar xizmatlaridan «Inson» markazlari yo‘llanmasi asosida foydalanadi.

Markazlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga reabilitatsiya, abilitatsiya, fizioterapiya va davolash-jismoniy tarbiya, qarab turish va parvarishlash xizmatlari ko‘rsatiladi. Ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli sharoitlarda foydalanish huquqiga ega shaxslar markaz xizmatlaridan «Inson» markazlari yo‘llanmasi asosida foydalanadi.

Hududiy markazlar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha tartib-taomillar to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nafaqa olish uchun zarur bo‘lgan eng kam sug‘urta staji muddati belgilangani haqida yozgan edik.