Gadjetlar

iPhone 18 Pro smartfoni qachondan ommaviy ishlab chiqiladi

iPhone 18’da tubdan yangilangan tashqi ko‘rinish bo‘ladi degan avvalgi mish-mishlarni rad etmoqda
Foto: Apple

Apple iPhone 18 seriyasini ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlikni deyarli yakunlagan. Fixed Focus Digital manbasining xabar berishicha, iPhone 18 modellari yanvar oyining ilk kunlaridayoq yirik ishlab chiqarish liniyalarida sinovdan o‘tkazila boshlaydi.

To‘liq ommaviy ishlab chiqarish esa Xitoy Yangi yili arafasida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. 2026-yilda Xitoy Yangi yili 17-fevralga to‘g‘ri keladi. Manbaga ko‘ra, aynan shu sanadan oldin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Insayderning ta’kidlashicha, flagman model hisoblangan iPhone 18 Pro uchun yig‘ish liniyasi allaqachon to‘liq tayyor holatga keltirilgan. Shu bilan birga, yangi smartfon dizayni borasida keskin o‘zgarishlar kutilmayapti. Bu ma’lumotlar iPhone 18’da tubdan yangilangan tashqi ko‘rinish bo‘ladi degan avvalgi mish-mishlarni rad etadi.

Qayd etilishicha, Apple bu safar dizayndan ko‘ra texnik imkoniyatlar va ichki yechimlarga ko‘proq e’tibor qaratishi mumkin. Aniq tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan, biroq tashqi ko‘rinish iPhone 17 Pro‘ga yaqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iPhone 16 Pro Max quvvatini 10 foizga oshiradigan usul taqdim qilingani haqida yozgan edi.