Yangiliklar

Namanganda jamoat transporti 30 ta zamonaviy avtobus bilan boyitildi

Avtobuslar «Zhongtong Bus» kompaniyasida ishlab chiqarilgan
Namanganda jamoat transporti 30 ta zamonaviy avtobus bilan boyitildi / Foto: Transport vazirligi

Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida Namanganga yana 30 ta zamonaviy avtobus yetkazib berildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avtobuslar «Turon-95 MBI» MCHJ tomonidan olib kelingan bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasining «Zhongtong Bus» kompaniyasida ishlab chiqarilgan.

Yangi avtobuslar taqdimoti Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda avtobuslarning texnik imkoniyatlari va yo‘lovchilar, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoga Xitoydan 26 ta zamonaviy avtobus xarid qilingan edi.