New York Times jurnalisti Google, OpenAI va xAI’ni sudga berdi

eʼlon qilindi
Kompaniyalar mualliflik huquqini buzganlikda ayblanmoqda
Foto: The Standard

Surishtiruvlar olib boradigan jurnalist Jon Kerreyru Kaliforniya federal sudiga Google, OpenAI, Meta, Anthropic, Perplexity va xAI kompaniyalariga qarshi da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ushbu da’vo sun’iy intellektni o‘qitishda mualliflik huquqlarining buzilishi bo‘yicha texnologiya kompaniyalariga qarshi ochilgan ko‘plab ishlardan biri bo‘lsa-da, xAI kompaniyasi ilk bor javobgar sifatida ko‘rsatilmoqda. Hozircha javobgar kompaniyalarning vakillari da’vo yuzasidan izoh bermagan.

Boshqa shunga o‘xshash ishlardan farqli o‘laroq, yozuvchilar jamoaviy da’vo shaklida birlashishni istashmayapti. Ularning fikricha, jamoaviy da’volar javobgar kompaniyalarga ko‘plab da’vogarlar bilan arzon narxda yagona kelishuvga erishish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Gemini 3’ning yangi versiyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek