
2025-yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Gruziyadan reeksport qilinayotgan avtomobillar bo‘yicha eng tez o‘sayotgan yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda Gruziya Milliy statistika xizmati ma’lumotlariga tayanib Kazinform agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, import hajmi mazkur davr mobaynida $72 mlnlik yengil avtomobillar yetkazib berilgan. Yuqoridagi ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan besh barobardan ko‘proq oshganini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Gruziyadan avtomobil reeksporti bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng faol bozorlardan biriga aylandi.
Avtomobillar soni bo‘yicha yetakchilikni Qozog‘iston egalladi. Ushbu davlatga 41,6 mingta avtomobil import qilindi. Yetkazib berishlarning umumiy qiymati $735 mlnni tashkil etdi. Pul ifodasida eng yirik importyor sifatida Qirg‘iziston yetakchilikni saqlab qoldi. Bu davlatga 38,9 mingta avtomobil yuborilib, ularning umumiy qiymati $1,3 mlrdni tashkil etdi.
Gruziyadan eng ko‘p kirib kelayotgan modellar
O‘zbekistonga Gruziya orqali eng ko‘p kirib kelayotgan avtomobillar orasida gibrid va benzinli sedanlar yetakchi hisoblanadi. Ayniqsa, Toyota Prius eng ommabop model bo‘lib qolmoqda. Kam yonilg‘i sarfi, ishonchlilik va ehtiyot qismlarning nisbatan qulayligi bu avtomobilga bo‘lgan talabni oshirmoqda.
Shuningdek, Toyota Camry va Toyota Corolla ham keng tarqalgan. Bu avtomobillar, asosan, AQSh va Yaponiya bozoridan olib chiqilib, Gruziya orqali O‘zbekistonga yetkaziladi. Ular qulaylik, xizmat muddati va qayta sotishdagi barqaror narxi bilan ajralib turadi.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish kamaygani haqida yozgan edi.