O‘zbekiston milliy jamoasi Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

23-dekabr 2025 14:36 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi doirasida Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Bahs 1-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa uchun Shimoliy Amerika iqlimi va vaqt mintaqasiga moslashish, shuningdek, yirik turnir oldidan taktik sxemalarni sinovdan o‘tkazish uchun muhim ahamiyatga ega.

Foto: O‘FA

Kanada 2026-yilgi Jahon chempionatining uchta mezbon davlatidan biri hisoblanadi. Mezbonlar safida Alfonso Devis («Bavariya») va Jonatan Devid («Lill») kabi Yevropa maydonlarida to‘p surayotgan yulduz futbolchilar harakat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIFA reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 50-o‘rinda yakunlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek