Pokiston Liviya Milliy armiyasiga harbiy texnika sotadi

eʼlon qilindi
Kelishuv qiymati $4-4,6 mlrd atrofida bo‘ladi
Pokiston Liviya Milliy armiyasiga harbiy texnika sotadi / Foto: Reuters

Pokiston Liviya Milliy armiyasiga $4 mlrddan ortiq qiymatdagi harbiy texnika sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Kelishuv Pokiston harbiy boshlig‘i Field Marshal Asim Munir va Liviya Milliy armiyasi bosh qo‘mondonining o‘rinbosari Saddam Xalifa Haftar o‘rtasida Benghazi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng yakunlandi. Kelishuv doirasida LNAga 16 dona JF-17 ko‘p vazifali jangovar samolyoti va 12 dona Super Mushak o‘quv samolyoti sotib beriladi.

Kelishuv quruqlik, dengiz va havo harbiy texnikalarini o‘z ichiga oladi va 2,5 yil davomida amalga oshiriladi. Kelishuv qiymati $4-4,6 mlrd atrofida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi 17 yilga qamalgani haqida xabar begran edik.

Shuningdek