Xiaomi 17 Ultra kamerasi taqdimotdan oldin sinovdan o‘tkazildi

23-dekabr 2025 09:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Xiaomi

Xiaomi 17 Ultra rasman taqdim etilishidan oldin kamerasi bilan e’tibor markaziga tushdi. Kompaniya rahbariyati qurilma haqida dastlabki tafsilotlarni ochiqladi. Internetda smartfon dizayni va uning asosiy kamerasida olingan tungi surat paydo bo‘ldi.

Qurilmaning tashqi ko‘rinishini Xiaomi Group vitse-prezidenti Syu Fey namoyish qildi. Dizayn jihatidan Xiaomi 17 Ultra avvalgi 15 Ultra modeliga yaqin. Smartfon orqa panelining yuqori markazida joylashgan katta dumaloq kamera bloki bilan ajralib turadi.

Foto: Weibo

Asosiy kamerada olingan tungi suratni kompaniya bosh direktori Lei Jun Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Surat parametrlari f/1,67 diafragma, ISO 64 va 1/50 ekspozitsiya bilan olinganini ko‘rsatmoqda. Kadr pastidagi ma’lumotlar Xiaomi va Leica o‘rtasidagi hamkorlik davom etayotganini ham tasdiqlaydi.

Foto: Xiaomi

17 Ultra taqdimoti shu hafta ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 17 Ultra smartfonining rasmiy dizayni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek