24-dekabr kuni metan «zapravka»lar qaysi vaqtlarda ishlaydi

eʼlon qilindi
Farg‘ona vodiysida bundan mustasno
24-dekabr kuni metan «zapravka»lar qaysi vaqtlarda ishlaydi / Foto: Energetika vazirligi

24-dekabr kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, gaz bosimi pasaygan vaziyatlarda birinchi navbatda aholi, jamoat transporti va ijtimoiy soha obyektlari tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. Shu sababli gaz ta’minoti va iste’mol hajmiga muvofiq metan «zapravka»larning ish rejimi moslashtiriladi.

Vazirlik xabarida Farg‘ona vodiysida metan «zapravka»larning ishlash vaqti gaz bosimi va mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanishi alohida ta’kidlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qish mavsumida vodiydagi metan «zapravka»larga gaz ko‘chma konteynerlarda yetkazib berilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek