24-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi

eʼlon qilindi
24-dekabr, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz
17-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi
24-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi / Foto: depositphotos

24-dekabr – o‘zgacha kun. Bayramni kutish, oilaviy uchrashuvlar va ichki xulosalar. Munajjimlarning ta’kidlashicha, aynan bugun Venera jiddiyroq, ma’noliroq ohangni belgilamoqda. Bu haqiqatan ham muhim narsalar haqida. Quyida 24-dekabr, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Bugun moliyaviy vazifalarni tartibga solish uchun munosib kun bo‘lishi mumkin. Ishlarda o‘z kuchingizga tayanishingiz maqsadga muvofiq. Havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘proq piyoda yurish tanangizga yengillik beradi. Shaxsiy munosabatlarda esa soddalik va ishonchni saqlash muhim. Juftingiz haqida ortiqcha surishtirish yoki shubha bilan yondashish munosabatlarga yomon ta’sir qilishi mumkin.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Bugun yolg‘iz holda zimmangizdagi vazifalarni ado eting va g‘alaba bilan o‘zingizni o‘zingiz ta’minlang. Omad uzoq kuttirmaydi. Ammo har bir mayda-chuyda yumushlarga ham alohida e’tibor bilan yondashishingiz lozim bo‘ladi. Salomatlik masalasida muolajalar olishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, xalq tabobati sizga ko‘proq yordam bera oladi. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Ayrimlar xizmat safariga jo‘nab ketishi kutiladi.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Ruhiy jihatdan kuningiz og‘irroq kechishi mumkin. Birgina o‘ylamay aytilgan gap qarindoshlar bilan munosabatlarni buzishi ehtimoli bor, shuning uchun o‘zingizni tiyib, o‘ylab harakat qiling. Kunning ikkinchi qismida olisda yashaydigan qarindoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishi mumkin.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Bugun hamma sizga havas qilsa arziydi. Emotsiyadan tortib kulgigacha sizning ixtiyoringizda bo‘ladi. Biznes bilan band bo‘lsangiz, daromadning o‘zi sizni qidirib kela boshlaydi. Moliyaviy masalada eng tushkun va chalkash vaziyatlardan ham oson chiqib keta olasiz. Uyda esa ro‘zg‘or uchun asqatadigan uskunalardan biri buzilishi mumkin. Buning uchun alohida pul ajratishingizga to‘g‘ri keladi.

Arslon (23.07 – 22.08)

Bugun anchadan beri o‘zingizni qiynab kelayotgan muammolarga yana bir karra e’tibor qarating. Imkon topilsa, ularning barchasini bartaraf eting. Shuning orasida professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizga oid yangi rejalarni ham hayotga tatbiq eting. Zaxirada pulingiz bo‘lsa, uni davolanish, bilim olish va sayru sayohat uchun sarflashingiz mumkin.

Parizod (23.08 – 23.09)

Bugun tashvishlar biroz ko‘proq bo‘lishi mumkin, lekin ishlarning ayrimini bitirib, qolganini ertaga qoldirish ham tabiiy hol. O‘zingizni kuchdan qoldirib, hammasini bir kunda amalga oshirishga urinmang. Shaxsiy hayotda yoshi ulug‘ insonlarning maslahatlari sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin, ularning tajribasidan bahra olishdan tortinmang. Ish joyida rahbarlar bilan muloqotda ochiq va ishonchli bo‘lish yaxshi maosh, vazifa yoki yangi loyihalar haqida suhbat qilish imkoniyat yaratilishi mumkin. Bu kabi fursatlar har doim ham chiqavermaydi, shuning uchun undan oqilona foydalanish kerak.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Bugun biroz yolg‘iz vaqt toping va shunga e’tibor qarating. Kitob o‘qish, yangi ma’lumotlar olish yoki fikr yuritish uchun vaqt ajrating. Ishda esa mayda ishlarni ado etishga harakat qiling, ularni kechiktirmang. Kechqurun biror qiziqarli g‘oya yoki yangi reja paydo bo‘lishi mumkin, uni to‘g‘ri qayd qilib, keyin amalga oshirish uchun rejalashtiring.

Chayon (24.10 – 22.11)

Yolg‘on va xushomadlarga uchmaslikka harakat qiling. Bugungi kunni tinch, ishonch bilan o‘tkazish uchun o‘z gapingiz va qarorlaringizga sodiq bo‘ling. Munosabatlarda ehtiyotkorlik, ayniqsa, yangicha tanishuvlarda muhim ahamiyatga ega. Tushdan keyin oldingi mehnatlaringiz uchun rag‘bat yoki minnatdorlik bildirilishi mumkin. Agar xizmat safarlari yoki biror ish safari rejalashsa, unga mas’uliyat bilan tayyorlaning.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Agar uyda jiddiy o‘zgarishlar, ta’mir yoki yangilanish ishlarini boshlamoqchi bo‘lsangiz, albatta, yaqinlar bilan maslahatlashib ish tuting. Ro‘zg‘or uchun zarur xaridlarni orqa kunga qoldirmang. Romantik uchrashuvlar, tanishuvlar, safar yoki tabiat qo‘ynida dam olish esa yoqimli va muvaffaqiyatli kechadi.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Bugun atrofdagilarni emas, o‘zingizni o‘zingiz tanqid qiling. Sizga tashqaridan hech kim yomonlik qilmaydi. O‘zingizga o‘zingiz yovlik qilib qo‘yishingiz haqiqatga yaqinroq. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda asablar tinchligi juda kerak. Kunning ikkinchi yarmida qarz olganlar qarzini qaytarishi mumkin. Ayrim do‘stlarimiz bankdan kredit olishi ham ehtimoldan xoli emas. Muhabbatda faqat tafakkurga suyangan holda ish tuting.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Bugun o‘zingizga yangi, qiziqarli xobbi toping. Bu sizga yangi qirralaringiz ochilishida katta yordam berishi mumkin. Agar qanday topishni bilmasangiz, internetga murojaat eting. U albatta sizga yaqindan yordam beradi. Ish bajarishda moʻjiza kutmang. O‘z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda harakatlar sodir eting. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

Baliq (19.02 – 20.03)

Eshitgan va ko‘rgan har bir ma’lumotni sinchiklab tahlil qiling. Moliyaviy masalalarni hal etishda omad yor bo‘ladi. Muhabbat masalalarida ehtiyotkor bo‘ling: juftingiz haqidagi har qanday mish-mish yoki tasdiqlanmagan xabarlarga darhol ishonmang. Noto‘g‘ri ma’lumot asosida munosabatlarni buzib qo‘ymaslik uchun barcha holatni xolis baholang. Tozalik yo‘lidagi ehtiyotkorlik bugun juda muhim.

Shuningdek