
25-dekabr kuni O‘zbekiston hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik asosan kutilmaydi. Harorat kechasi -6…+5°, kunduzi +3…+13° oralig‘ida bo‘ladi, deya xabar beradi «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kechasi harorat | Kunduzi harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +0…+2° | +10…+12° | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | -3…+2° | 0…+5° | Ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor, tuman tushishi mumkin |
| Xorazm viloyati | -3…+2° | +2…+7° | Kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | -1…+4° | +7…+12° | Kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari | 0…+5° (ba’zi joylarda -3°) | +8…+13° | Kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 0…+5° | +8…+13° | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | -2…+3° | +3…+8° | Kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | -1…-6° | +3…+8° | Kutilmaydi |