Sport

«Nasaf» mehmonda «Al Ittihod»ga mag‘lub bo‘ldi

Foto: the-afc.com

Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasining 6-turi doirasida «Nasaf» safarda Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida Karim Benzema tomonidan kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi va bahs 1:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/12/bzhrgslclbm4zz3d.mp4

Uchrashuv davomida qarshiliklar nomdor raqibga qarshi faol o‘yin namoyish etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jamoaning harakatlariga ijobiy baho berdi.

Foto: FC NASAF

«Bugungi o‘yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi va maydonda bor kuchlarini ishga solishdi», – dedi murabbiy.

Berdiyevning ta’kidlashicha, jamoa oxirigacha kurash olib borgan va qarshi hujumlarda golli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

«Futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdik», – deya fikrini yakunladi mutaxassis.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OChL Elit doirasida «Nasaf» o‘z maydonida imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.