Prezident Oliy Majlis va xalqqa murojaat bilan chiqadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaat qiladi. Bu haqda rasmiy manbada ma’lum qilindi.
Murojaatnoma mamlakat taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beradi va yangi bosqichdagi tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan eng muhim siyosiy voqea hisoblanadi.
Murojaatnomani jonli efirda milliy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin: O‘zbekiston 24, O‘zbekiston, Yoshlar, Mahalla, Madaniyat va ma’rifat, Toshkent, Dunyo bo‘ylab, O‘zbekiston tarixi hamda 12 ta hududiy kanal. Nodavlat telekanallarda esa MY5, Sevimli, Uzreport TV, Milliy TV, Zor TV orqali ko‘rish mumkin.
Shuningdek, murojaatnoma prezidentning Facebook, Instagram, YouTube’dagi rasmiy sahifalari va veb-saytida efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev to‘qimachilik sanoatining 2025-yil yakunlari va 2026-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishgan edi.