Realme Neo 8 smartfoni yanvar oyida taqdim etiladi

eʼlon qilindi
Narxi $310–$370 atrofida
Realme Neo 8 smartfoni yanvar oyida taqdim etiladi / Foto: Techlusive

Realme kompaniyasi yangi Neo 8 smartfonini 2026-yil yanvarda bozorga chiqaradi. Bu haqda Mydrivers nashri ma’lum qildi.

Qurilma Snapdragon 8 Gen 5 bir kristalli platformasi asosida ishlab chiqiladi va yuqori unumdorlikka ega bo‘ladi. Realme Neo 8 dizayni metall ramka va shisha orqa panel bilan ajralib turadi. Smartfon ekran osti ultratovushli barmoq izi skaneri va to‘liq suvdan himoya qilish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Qurilmada 8000 mA·soat sig‘imli akkumulyator, 50 megapikselli asosiy kamera va Samsung ishlab chiqargan 6,78 dyuymli ekran o‘rnatiladi. Ekran 1,5K aniqlik va 165 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Taxminiy narxi 2200–2600 yuan ($310–$370) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Realme Neo 8 yuqori texnologik imkoniyatlari va ilg‘or dizayni bilan bozorning e’tiborini jalb qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme Narzo 90 smartfonining texnik xususiyatlari ma’lum qilingan edi.

Shuningdek