Yangiliklar

Realme Neo 8 smartfoni yanvar oyida taqdim etiladi

Narxi $310 – $370 atrofida
Realme Neo 8 smartfoni yanvar oyida taqdim etiladi / Foto: Techlusive

Realme kompaniyasi yangi Neo 8 smartfonini 2026-yil yanvarda bozorga chiqaradi. Bu haqda Mydrivers nashri ma’lum qildi.

Qurilma Snapdragon 8 Gen 5 bir kristalli platformasi asosida ishlab chiqiladi va yuqori unumdorlikka ega bo‘ladi. Realme Neo 8 dizayni metall ramka va shisha orqa panel bilan ajralib turadi. Smartfon ekran osti ultratovushli barmoq izi skaneri va to‘liq suvdan himoya qilish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Foto: Techlusive
Foto: Techlusive

Qurilmada 8000 mA·soat sig‘imli akkumulyator, 50 megapikselli asosiy kamera va Samsung ishlab chiqargan 6,78 dyuymli ekran o‘rnatiladi. Ekran 1,5K aniqlik va 165 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Taxminiy narxi 2200 – 2600 yuan ($310 – $370) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Realme Neo 8 yuqori texnologik imkoniyatlari va ilg‘or dizayni bilan bozorning e’tiborini jalb qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme Narzo 90 smartfonining texnik xususiyatlari ma’lum qilingan edi.