Yangiliklar

Turizm qo‘mitasida rahbar o‘zgardi: Shadiyev o‘rniga Aqqulov tayinlandi

Prezident farmoni bilan
Turizm qo‘mitasida rahbar o‘zgardi: Shadiyev o‘rniga Aqqulov tayinlandi / Foto: Ochiq manbalardan

Umid Rustamovich Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Qo‘mitaning yangi raisi sifatida Abdulaziz O‘rolboyevich Aqqulov tayinlandi.

Umid Rustamovich Shadiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Rustamovich 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 – 2023 yillarda Tashqi ishlar vazirligi va xalqaro tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan. 2023-yildan buyon Turizm qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura bo‘limini tamomlagan.

Shu bilan birga, Abdulaziz O‘rolboyevich Aqqulov Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Aqqulov 1985-yilda tug‘ilgan. Bungacha u O‘zbekistonning BAAdagi Favqulodda va muxtor elchisi, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini «Xalqaro turizm menejmenti» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq energetik xavfsizlik bo‘yicha prezident vakili lavozimidan ozod etilgan edi.