Avto

UzAuto Motors yangi Chevrolet Traverse avtomobilini sotuvga chiqardi

Chevrolet Traverse’ning tavsiya etilgan chakana narxi 795 mln so‘m etib belgilangan
UzAuto Motors yangi avlod Chevrolet Traverse avtomobilini sotuvga chiqardi
Foto: UzAuto Motors

«UzAuto Motors» AJ kompaniyasi yangi Chevrolet Traverse avtomobilini sotuvga chiqardi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi Traverse 2,5 litrli to‘rt silindrli turbomotor bilan jihozlangan. Dvigatel quvvati 328 ot kuchini tashkil etadi. Kuchaytirilgan osma tizimi, oshirilgan klirens va to‘liq uzatma bilan birga avtomobil barcha yo‘l sharoitlarida barqaror boshqaruvni ta’minlaydi. Model shahar harakati va uzoq safarlar uchun mos.

Foto: UzAuto Motors

Tashqi ko‘rinishda qora radiator panjarasi, mat himoya elementlari, qizil tortish ilgaklari va eksklyuziv emblemalari ajralib turadi. Old va orqa qismlar yangilangan. 18 dyuymli g‘ildirak disklarining yangi dizayni avtomobilga yanada dadil qiyofa beradi.

Salon uch qatorli, keng va qulay. Markazda 17,7 dyuymli displey o‘rnatilgan. Raqamli qurilmalar paneli 11 dyuymni tashkil etadi. Bezash materiallari yuqori sifatli. Chevy Safety Assist xavfsizlik tizimlari majmuasi haydovchi va yo‘lovchilar himoyasini kuchaytiradi.

Foto: UzAuto Motors

Yangi Chevrolet Traverse’ning tavsiya etilgan chakana narxi 795 mln so‘m etib belgilangan. Sotuvlar boshlanish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt avtomobilini sotib olish uchun 5 asosiy sababni yozgan edi.