Yangiliklar

26-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

26-dekabr soat 20:00 gacha amal qiladi
26-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Sun’iy intellekt

26-dekabr kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi harorat -10…+5°, kunduzi esa -3…+11° atrofida bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududHarorat (kecha)Harorat (kunduzi)Ob-havo
Toshkent shahri+3…+5°+3…+5°Havo o‘zgaruvchan, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati-5…-10°-3…+2°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin
Buxoro va Navoiy viloyatlari-2…+3°+2…+7°Havo o‘zgaruvchan, Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari0…+5°+2…+7°Havo o‘zgaruvchan, Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushishi mumkin
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari0…+5°+6…+11°Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari-2…+3°+3…+8°Havo o‘zgaruvchan, tuman tushishi mumkin
Respublikaning tog‘li hududlari-2…-7°-2…-7°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman va yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi