

Toshkentda Qorbobolar paradi qayerlarda o‘tkaziladi
Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrida Qorbobolar paradi tashkil etiladi. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.

Biometrik tekshiruvdan so‘ng migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
2024-yil 1-dekabrdan buyon Moskvaning barcha aeroportlarida migrantlardan majburiy biometrik ma’lumotlar — foto va barmoq izlari olinmoqda. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Interfaks.

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi davra ramziy tarkibidan joy oldi
Turkiya Superligasining birinchi davrasi yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan mavsumning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov joy oldi.

Burundida futbolchi tanga yutib yuborishi oqibatida maydonda vafot etdi
Burundining «Les Guepiers du Lac» klubi yarim himoyachisi Igiraneza Aime Gerik o‘yin vaqtida maydonda vafot etdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, fojiaga futbolchi o‘yin davomida og‘zida saqlagan tangani yutib yuborishi sabab bo‘lgan.

3-sinf qizni zo‘rlagan pedofilga sud hukmi o‘qildi
Toshkent viloyatida avval ham 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyatini sodir qilgani uchun sudlangan pedofil sud hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi va qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Endilikda O‘zbekistondagi banklarda ham «sirli mijoz» tekshiruvlari o‘tkaziladi
Kredit tashkilotlarida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan «sirli mijoz» usulidagi nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shimoliy Koreya yadro quvvatli suvosti kemasini ommaga ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya o‘zining birinchi yadro quvvatli suvosti kemasining yangi suratlarini e’lon qildi. Bu haqda CNN agentligi xabar berdi.