OChL 2. «Andijon» «Al-Ahli»ga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi

25-dekabr 2025 09:53 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: FC ANDIJON

Qatarning Doha shahrida Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining «B» guruhi 6-turi doirasida «Al-Ahli» va «Andijon» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. «Al Tumama» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv taqdirini Mishel Vlap tomonidan kiritilgan ikkita gol hal qildi. O‘yinning 26-daqiqasida hisobni ochgan Vlap, 65-daqiqada dublni rasmiylashtirib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Ushbu natija «Andijon»ning guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va jamoa uchun joriy mavsumdagi xalqaro yurish yakunlandi.

Samvel Babayan / Foto: FC ANDIJON

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida «Andijon» bosh murabbiyi Samvel Babayan raqibning kuchli ekanini tan oldi.

«Afsuski, juda muhim bahsda mag‘lubiyatga uchradik. Bu o‘yindagi ijobiy natija guruhdan chiqish imkoniyatimizni hosil qilardi. Albatta, o‘zimizdan ko‘ra kuchliroq jamoaga yutqazdik, deb o‘ylayman», – dedi Babayan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Andijon» OChL 2 doirasida ketma-ket beshinchi durangni qayd etgani haqida xabar berdi.

Shuningdek