Biometrik tekshiruvdan so‘ng migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi

eʼlon qilindi
Bir yilda 45 ming nafar xorijiy fuqaroning mamlakatga kirishi rad etilgan
50 nafargacha xodimli korxonalar Face-ID orqali shartnoma rasmiylashtiradi
Foto: Carecenter

2024-yil 1-dekabrdan buyon Moskvaning barcha aeroportlarida migrantlardan majburiy biometrik ma’lumotlar — foto va barmoq izlari olinmoqda. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Interfaks.

Unga ko‘ra, bir yilga yaqin vaqt ichida ushbu tizim orqali taxminan 45 ming nafar xorijiy fuqaroning mamlakatga kirishi rad etilgan. Bu Rossiyaga kirishga uringan migrantlarning qariyb 10 foiziga teng.

Rasmiy ma’lumotlarda, biometrik tizim nazorat ro‘yxatiga kiritilgan, Rossiya hududida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarni aniqlashga xizmat qilayotgani keltirilgan. Hozirgacha migrantlarga oid 4,5 milliondan ortiq noyob biometrik ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.

Tizim nafaqat kirishda, balki chiqishda ham ishlaydi. Jinoyat sodir etgan shaxslar mamlakatni tark etishga uringan paytda aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlab qolinmoqda.

Shuningdek, Moskva migratsiya markazlarida hisobda turgan migrantlardan DNK namunalari olinmoqda. Merning ta’kidlashicha, ushbu amaliyot yordamida hatto bir necha yil avval sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada chet ellik ishchilar uchun tibbiy sugʻurta olish tartibi qiyinlashgani haqida yozgandi.

Shuningdek