Endilikda O‘zbekistondagi banklarda ham “sirli mijoz” tekshiruvlari o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Nazorat tadbirini o‘tkazishda kredit tashkiloti oldindan xabardor qilinmaydi
Dam olish kunlari ishlaydigan banklar
Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Kredit tashkilotlarida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan «sirli mijoz» usulidagi nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, kredit tashkilotlarida moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish chog‘ida kredit tashkilotlarining faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishini tekshirish maqsadida «sirli mijoz» usulidagi nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Uni o‘tkazish uchun dastlab Markaziy bank raisining o‘rinbosari yoki Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘ining farmoyishi chiqariladi.

Nazorat tadbirini tashkillashtirish uchun 3 ish kunigacha, davomli operatsiyalar (harakatlar) uchun ushbu operatsiyaning (harakatning) oxirgi kunigacha bo‘lgan muddat belgilanadi.

Bunday tadbirlar Markaziy bank yoki uning hududiy filiallari mas’ul xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda yoki masofadan turib amalga oshiriladi. Nazorat tadbirini o‘tkazishda kredit tashkiloti oldindan xabardor qilinmaydi.

Nazorat tadbiri yakunlangandan so‘ng, «sirli mijoz» tomonidan dalolatnoma tuziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukumat qarori bilan dorixonalarda dorilar va tibbiy buyumlar savdosi hamda tibbiy xizmatlarni nazorat qilishda «sirli mijoz» tadbirlarini o‘tkazish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlangandi.

Shuningdek