
«Anakonda» («Anaconda») sarguzasht, qo‘rqinchli va komediya janrlarini birlashtirgan noodatiy loyiha sifatida joriy yilda taqdim etilgan film. U voqealari yovvoyi tabiat bag‘rida, inson aqli va tabiat kuchlari to‘qnash keladigan xavfli hududda kechadi. Asarda nafaqat qo‘rquv va keskinlik, balki kulgili vaziyatlar ham muhim o‘rin egallaydi.
Syujet markazida turli xarakterga ega qahramonlardan iborat guruh turadi. Ular anakonda haqida film suratga olish uchun xavfli hududga yo‘l oladi. Ammo u yerda haqiqiy ulkan, o‘ta xavfli anakonda bilan yuzma-yuz kelganida hamma narsa o‘zgaradi.
Dastlab oddiy sarguzashtdek tuyulgan safar asta-sekin hayot-mamot kurashiga aylanadi. Qahramonlar nafaqat yirtqich bilan, balki o‘z qo‘rquvlari va ichki ziddiyatlari bilan ham kurashishga majbur bo‘ladi.
Filmda komediya unsurlari, ayniqsa, qahramonlarning bir-biri bilan munosabatlarida yaqqol ko‘rinadi. Turli xarakterlar to‘qnashuvi, kutilmagan reaksiyalar va kinoyali suhbatlar filmni oddiy qo‘rqinchli kartinadan farqlab turadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Shelbilar oilasi» franshizasining yangi film premyera sanasi va tizer e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, Killian Merfi Tommi Shelbi roliga qaytgan kartina 2026-yilning 20-mart kuni striming platformasida namoyish etiladi.
