Nigeriyada masjidda portlash sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q
Nigeriyadagi masjidda portlash sodir bo‘ldi / Foto: Reuters

Nigeriyaning Borno shtati poytaxti Maidugurida 24-dekabr kuni namoz vaqtida masjidda portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hozircha qurbonlar yoki jarohatlar soni haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Portlash hududda so‘nggi yigirma yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan Boko Haram va uning bo‘limi G‘arbiy Afrika islomiy davlati provinsiyasi (ISWAP) tomonidan uyushtirilgan isyon markazida sodir bo‘lgan.

Foto: Reuters

Hozirgacha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Ilgari Boko Haram Maidugurida masjidlar va gavjum joylarda o‘zini o‘zi portlatish hamda portlovchi qurilmalardan foydalangan hujumlar uyushtirgan.

Boko Haram 2009-yilda Borno shtatida isyon boshlagan va Islom xalifaligi o‘rnatishga intilgan. Harbiy qarshi hujumlar va mintaqaviy hamkorliklarga qaramay, shimoli-sharqiy hududda fuqarolar xavfsizligiga tahdid soluvchi vaqti-vaqti bilan hujumlar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Boko Haram Nigeriya va uning atrofidagi hududlarda faoliyat yurituvchi islomiy ekstremistik guruh hisoblanadi. U 2002-yilda tashkil etilgan va asosan shimoliy Nigeriya hududida faol.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrining zich aholi yashaydigan tumanida Qizil qal’a yaqinida portlash yuz bergan edi.

Shuningdek