Banklar va moliya

Noyabr oyida banklardagi NPL miqdori 8 foizga pasaydi

NPL
Jami kreditlardagi NPL ulushi 3,5 foizga pasaydi
NPL
Foto: DmitriySk / depositphotos.com

1-dekabr holatiga ko‘ra, banklardagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy miqdori 20,5 trln so‘mga pasaygan. Bu ko‘rsatkich 1-noyabr bilan solishtirilganda 8 foizga foizga, ya’ni 1,8 trln so‘mga pasaygan. Noyabr oyida bu ko‘rsatkich 22,3 trln so‘mni tashkil etgandi.

Jami kreditlardagi NPL ulushi 3,5 foizga pasaydi. Noyabr oyida bu ko‘rsatkich 3,8 foizni tashkil qilgan. 1-dekabr holatiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli 595,3 trln so‘mni tashkil etgan. Noyabr oyiga nisbatan 2,5 trln so‘mga oshgan.

Davlat banklarida

Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami miqdori 14,6 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan. Bu noyabr oyiga nisbatan 7,9 foizga pasaygan

Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank sifatida dekabr oyida ham «O‘zmilliybank» 3,5 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Bankning jami kreditlardagi NPL ulushi esa 4,2 foizdan 3,4 foizga pasaygan.

Shuningdek, «Agrobank»da 2,7 trln so‘m (NPL 3,4%), «O‘zsanoatqurilishbank»da 1,9 trln so‘m (3,1%), «Asaka bank»da 1,9 trln so‘m (4,5%) va Xalq bankida 1,1 trln so‘mga (3,4%) yetgan.

Xususiy banklarda

Xususiy banklarda kredit portfeli 2,4 trln so‘mga oshib, 193,4 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, NPL miqdori esa 6 trln so‘mga pasaygan. Kredit portfelidagi umumiy ulush 3,1 foizga kamaygan.

Muammoli kreditlar ko‘rsatkichi yuqori banklar qatorida «Ipoteka-bank» 1,7 trln so‘m (portfeldagi ulushi 5%) so‘m bilan yetakchi o‘rinda turibdi.

Xususiy banklarda kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori banklar esa quyidagilar:

  • «Poytaxt bank» – 18% (muammoli kreditlar 51 mlrd so‘m);
  • «AVO bank» – 8,8% (69 mlrd so‘m);
  • «Garant bank» – 8,4% (118 mlrd so‘m).

Ma’lumot uchun, muammoli kredit (NPL) deb to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlarga aytiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noyabr oyida banklardagi muammoli kreditlar miqdori 1,1 trln so‘mga oshgani haqida yozgandi.