Yangiliklar

O‘zbekiston farmatsevtika sohasida Turkmaniston kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Kelishuv ikki davlat hududida ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish, sotishni nazarda tutadi
O‘zbekiston farmatsevtika sohasida Turkmanistonning Altyn Kanun tashkiloti bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston farmatsevtika sohasida Turkmanistonning Altyn Kanun tashkiloti bilan hamkorlik qiladi / Foto: Uzpharmagency

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika texnik universiteti Turkmanistonning Altyn Kanun tashkiloti bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Kelishuv ikki davlat hududida ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish, sotish, eksport va import qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Bu farmatsevtika bozorlarini kengaytirish, mahsulot ayirboshlash hajmini oshirish va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, hujjat doirasida tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish belgilangan. Jumladan, Turkmaniston fuqarolarini O‘zbekistondagi Farmatsevtika texnik universitetida professional ta’lim olishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektron retsept tizimi ishga tushgani va qanday dorilarni retseptsiz sotib olish mumkinligi haqida xabar berilgandi. SSV ma’lumotiga koʻra, roʻyxatga kundalik davolashda keng qoʻllaniladigan dorilar kiritilgan. Ular orasida ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vositalar, shamollashga qarshi preparatlar, yoʻtal va tomoq uchun dorilar, allergiyaga qarshi dori vositalari, antiseptiklar hamda vitaminlar bor.