Avto

Qijing brendi ilk avtomobilini taqdim etdi

Yangi model sport universal bo‘lib, L3 darajadagi avtopilot tizimi bilan jihozlangan
Qijing brendi ilk avtomobilini taqdim etdi
Foto: Qijing

Huawei va GAC hamkorligida yaratilgan Qijing brendi ostidagi ilk avtomobil rasman namoyish etildi. Yangi model sport universal bo‘lib, L3 darajadagi avtopilot tizimi bilan jihozlangan.

Avtomobil Xitoy ichki bozorida yil oxirigacha sotuvga chiqadi. Dastlabki yetkazib berishlar 2026-yil iyun oyiga rejalashtirilgan. Rasmiy videoda Huawei’ning aqlli avtomobil yechimlari bo‘limi rahbari va Qijing bosh direktori avtomobilni sinovdan o‘tkazdi.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, dizayn, boshqaruv dinamikasi va intellektual imkoniyatlar bo‘yicha model qariyb $140 ming turadigan premium avtomobillarga teng. Biroq Qijing’ning birinchi modeli taxminan $42,7 ming narxda taklif etiladi.

First car from Huawei & GAC revealed as sporty wagon with L3 ADAS

Tashqi ko‘rinishda egilgan kapot chizig‘i va katta faol havo kirish qismi ajralib turadi. Tom qismida lidar joylashgan. Orqa qanotlar haykaltaroshona shaklda ishlangan. Avtomobil 20 dyuymli o‘n spikali disklar bilan chiqadi. Eshik tutqichlari aerodinamik talablarga mos.

Texnik qismda to‘liq elektr kuch qurilmasi qo‘llanadi. Model BEV platformasida yaratilgan. 800 V yuqori kuchlanishli tizim tezkor DC quvvatlashni ta’minlaydi.

Yangi Qijing bozorda Zeekr 007 GT va Nio ET5 Touring modellari bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Damas modellari bir-biridan qanday farq qilishi haqida yozgan edi.