Qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi

eʼlon qilindi
Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari tartibi ham belgilandi
Qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi / Foto: Ochiq manbadan

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan yangi tartib joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qarori, sudning qarori yoki ruyxatdan o‘tkazuvchi organ qarori asosida amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlaridan foydalangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan summaning kamayishi faqat soliq organlari tomonidan tekshirilgan hollarda qabul qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha tiquv-trikotaj, poyabzal va charm-attrlik sanoati yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘i ikki foiz va ijtimoiy soliq bir foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Shu bilan birga, O‘zbekiston rezidentlari va norrezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va ularga aloqador maxsus vakolatli tashkilotlar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalardan tushgan daromadlar 2030-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Kreativ park rezidentlari 2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha xodimlarining mehnatga haq to‘lash daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni 50 foiz kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydi. Shuningdek, tovarlar yoki xizmatlar realizatsiyasidan olinadigan daromad miqdoridan qat’iy nazar, aylanmadan olinadigan soliqni to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2040-yilga borib O‘zbekistonda omborlarga bo‘lgan talab oshishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek