Rossiya generalining o‘ldirilishida ayblanayotgan o‘zbekistonliklar sirtdan hibsga olindi

Moskvaning Basmanniy sudi Moskvaga qo‘lbola portlovchi moslama komponentlarini yetkazib berishda ishtirok etgan ikki koordinator va Rossiya Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya kuchlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi mayor Ilya Polikarpovga qarshi terrorchilik hujumining tashkilotchilarini sirtdan hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
General va uning yordamchisi 2024-yilning dekabr oyida jamoatchilik uchun jiddiy xavf tug‘dirgan terroristik hujum bo‘lgan avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, generalning o‘limida G‘arbiy Ukrainada tug‘ilgan Andriy Gedzik va ikki o‘zbekistonlik Saidakbar G‘ulomov hamda Mirjalol Odilovning qo‘li bor. Ular terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan va xalqaro qidiruvga berilgan.
Hibsga olinganlardan biri portlashni muvofiqlashtirgan, qolgan ikkisi esa poytaxtga qo‘lda yasalgan bomba uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishda ishtirok etgan. Ularning jinoiy ishi alohida tergov qilinmoqda.
Ushbu jinoyatning to‘rtta bevosita ijrochisiga qarshi alohida, yopiq sud jarayoni allaqachon boshlangan. Ularga terrorizm bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Ulardan ikkitasi, Ahmadjon Qurbonov va Robert Safaryan, o‘z ayblarini inkor etmagan va ayblarini to‘liq tan olgan.
Avvalroq «Kuriv» Turkiyaning Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida 2024-yildan beri saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi ozodlikka chiqqani haqida xabar bergandi.