Yangiliklar

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi

Ma’muriy-jamoatchilik nazorati ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi
Ijtimoiy himoya xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik uchun jarima belgilandi
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi / Foto: IHMA

Hukumat qarori bilan «Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart etib belgilandi.

Xodimlar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitiladi, ish joyida stajirovka tashkil etiladi va bilimlari tekshirib boriladi. Shuningdek xodimlar baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishga ham o‘rgatiladi.

Shuningdek, ish beruvchi har yili 20-yanvarga qadar YAMMT IDAK axborot tizimiga mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavfli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lgan sharoitlarda ishlaganlik uchun beriladigan imtiyoz va kompensiyalar summasi haqidagi ma’lumotlarni kiritadi. Shu bilan birga baxtsiz hodisalardan jabrlangan va kasb bilan bog‘liq kasalligi birinchi marta aniqlangan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham berib boriladi.

Bundan tashqari, tashkilotlarda ma’muriy-jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Ushbu nazorat uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda uchastka, smena va brigada darajasida, ikkinchi bosqichda bo‘linma yoki ishlab chiqarish uchastkasi darajasida, uchinchi bosqichda esa butun tashkilot miqyosida umumiy nazorat olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolalar uchun professional tutingan oila xizmati joriy etilishi haqida xabar berilgan edik.