Yangiliklar

The Economist jurnali yil mamlakatini e’lon qildi

Ro‘yxatda Argentina ham bor edi, ammo u tanlanmadi
Foto: Reuters

Amerikaning The Economist jurnali an’anaviy ravishda Yangi yil arafasida yil mamlakatini tanladi.

Unga ko‘ra, Suriya 2025-yilda yil mamlakati bo‘ldi. Bu yil Argentina va Suriya yil mamlakati unvoniga asosiy da’vogarlar bo‘lgan, ammo bu butunlay boshqa sabablarga ko‘ra tanlangan.

Suriya siyosiy taraqqiyotga erishdi. Bir yildan sal ko‘proq vaqt oldin, mamlakat diktator Bashar Asad tomonidan boshqarilgan, Eron va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan . Uning hukmronligi davrida qamoqxonalar siyosiy mahbuslarga to‘la edi va dissidentlar qiynoqqa solingan yoki o‘ldirilgan. Suriyadagi 13 yillik fuqarolar urushi davomida yarim milliondan ortiq odam halok bo‘ldi.

Biroq 2024-yilning dekabr oyida Asad hokimiyatdan ag‘darilib, Rossiyaga qochdi va hukumat tepasiga sobiq jihodchi Ahmad ash-Shara keldi. Ko‘pchilik Suriyada tartibsizliklar yoki islomiy rejim o‘rnatilishini kutgan edi, ammo ikkalasi ham bo‘lmadi.

«Bu safar The Economist’ning tanlovi Suriyaga bo‘ldi», – deya xulosa qilgan manba.

Avvalroq «Kursiv» Germaniya va AQSh kompaniyalari Suriyada energetikani tiklash uchun 7 milliard dollar ajratishi haqida yozgandi.