
Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrida Qorbobolar paradi tashkil etiladi. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.
Milliy gvardiya harbiy orkestr jamoalari ishtirokidagi mazkur namoyish 26-dekabr kuni poytaxtning bir nechta markaziy hududlarida o‘tkaziladi.
Jumladan, qorbobo libosidagi orkestr jamoasi soat 19:00 da Amir Temur xiyobonidan Markaziy archa tomon saylgoh bo‘ylab musiqiy chiqishlar bilan harakatlanadi. Soat 20:30 da Magic City majmuasining asosiy kirish qismidan Yangi yil archasi yo‘nalishi bo‘ylab, 21:30 da esa Tashkent City Mall savdo majmuasidan Tashkent City saylgohidagi Yangi yil archasi tomon yurish davom ettiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi yilning bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum qilingani haqida yozgandi.