Xiaomi 17 Ultra Leica Edition rasman tasdiqlandi

25-dekabr 2025 12:56 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yaqin kunlarda taqdim etiladigan Xiaomi 17 Ultra smartfoni maxsus Leica Edition talqinida ham chiqishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

E’lon bilan birga qurilmaning qutisi tasvirlangan tizer ham namoyish etildi. Quti qora rangda bo‘lib, unda Xiaomi va Leica logotiplari joy olgan.

Rasmiy namunalarga ko‘ra, 17 Ultra’ning kamera tizimida apparat va dasturiy yechimlar birgalikda ishlaydi. Kompaniya bu model mobil suratga olishda yangi bosqichni boshlab berishini ta’kidlamoqda.

Foto: Gizmochina

Texnik jihatlar ham tasdiqlandi. Smartfon 1 dyuymli asosiy sensor bilan jihozlanadi. Periskop telefoto kamera 200 MP bo‘ladi. U Leica’ning apoxromatik optik sertifikatiga ega. Bu xromatik aberratsiyani kamaytiradi va tasvir aniqligini oshiradi. Periskop tizimi 75 – 100 mm fokus oralig‘ida uzluksiz optik zumni ta’minlaydi.

Dizayn borasida model raqobatchilardan keskin farq qilmaydi. Rasmiy video tekis yon qirralar va yumaloq burchaklarni tasdiqlaydi. Qurilma to‘rt xil rangda taklif etiladi. Qalinligi 8,29 mm. Shu sabab Xiaomi 17 Ultra hozirgacha ishlab chiqarilgan eng yupqa Ultra model bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Ultra 200 dollarga qimmatlashishi haqida yozgan edi.

Shuningdek